Ko'p so'raladigan savollar

MDF va SPC pol qoplamalarining farqi nimada?

Ular o'rtasidagi asosiy farqlar bu SPC pol qoplamalari 100% ekologik toza, suvga chidamli va har qanday muhit yoki joyga o'rnatib, foydalanish mumkinligi.

Polning issiqlik o'tkazuvchanligi qanaqa?

Polning issiqlik o'tkazuvchanlik qobiliyati juda yaxshi, sababi uning tarkibini 80% karbonat kalsiy va 20% polimer xlorid tashkil etadi. Shuningdek, u issiqlik juda yaxshi saqlab turadi.

Mahsulotlar narxlari yoki boshqa batafsil ma'lumotlarni qayerdan ola olaman?

Bu to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni +999 (94) 025-11-11 telefon raqami orqali bepul konsultatsiya tarzida olishingiz mumkin.

Pollarni o'rnatib berish xizmati bormi?

Afsuski, hozirda kompaniyamiz unaqa turdagi xizmatlarni taklif eta olmaydi. Shunga qaramasdan, bizning tomondan professional ustadan qanaqa tarzda o'rnatish va foydalanish bo'yicha bepul konsultatsiya olishingiz mumkin.

Pollarning xizmat ko'rsatish davomiyligi taxminan qancha muddat?

Uy sharoitida odatda 25 yildan ko'proq xizmat qiladi, jamoat joylarida bo'lsa 10-15 yil.

UNICLIC bu nima?

UNICLIC - bu pollarni yuzaga oddiy va tezkor o'rnatishda ishlatiladigan yangi texnologiya hisoblanadi.

Mahsulotlar tarkibida qanaqadir zararli yoki shunga o'xshash moddalar bormi?

Yo'q, bizning mahsulotimiz 100% xavfsiz, ekologik jihatdan toza va hech qanday zararli kimyoviy moddalar (formaldegid) yoki ranglar yo'q.

Yana savollaringiz bormi?

Biz bilan bog'laning